O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi kamaydi
Jamiyat
−
03 fevral
5093O‘zbekistonda 2024 yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaygan (3,3 mln kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 mingga kamaygan). Bildirilishicha, ushbu natija Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan.
Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar:
- Buxoro viloyatida – 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;
- Samarqand viloyatida – 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;
- Namangan viloyatida – 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.
Hududlar bo‘yicha kambag‘allik darajasini baholash natijalari
T/R |
Hududlar |
2023 yil (foiz) |
2024 yil (foiz) |
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
13,6 |
10,8 |
2. |
Andijon viloyati |
11,9 |
9,5 |
3. |
Buxoro viloyati |
11,8 |
8,7 |
4. |
Jizzax viloyati |
14,2 |
11,8 |
5. |
Navoiy viloyati |
7,6 |
5,7 |
6. |
Namangan viloyati |
10,4 |
7,6 |
7. |
Samarqand viloyati |
10,5 |
7,5 |
8. |
Sirdaryo viloyati |
13,8 |
11,3 |
9. |
Surxondaryo viloyati |
10,6 |
9,3 |
10. |
Toshkent viloyati |
10,2 |
8,0 |
11. |
Farg‘ona viloyati |
10,1 |
8,6 |
12. |
Xorazm viloyati |
14,1 |
11,9 |
13. |
Qashqadaryo viloyati |
11,5 |
9,6 |
14 |
Toshkent shahri |
7,9 |
7,3 |
"2024 yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi. Buning natijasida 2024 yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m)", deyiladi xabarda.
Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:
- ish haqi – 42,6 foiz (2023 yilda – 41,9 foiz);
- tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
- pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
- qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
- xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
- boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etgan.
Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023 yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paygan.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi