O‘zbekistonda qurilish ishlariga qancha pul sarflangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 65,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. O‘sish sur’ati 2019 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. “2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha jami qurilish ishlarining 20,5 foizi yoki 13,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Toshkent (7,1 foiz) va Buxoro (6,2 foiz) viloyatlarida ham boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq qurilish ishlari bajarilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing