O‘zbekistonda qurilayotgan AESni xalqaro mutaxassislar qanday baholayapti?
Jamiyat
−
03 iyul 2021
8805Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlari joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga kelib, AES qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdilar. MAGATEning rasmiy saytida O‘zbekistonga amalga oshirilgan 12 kunlik tashrif va taftish natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston yadro energiyasi dasturi kuchli davlat ko‘magiga ega bo‘lib, barcha xavfsizlik, jismoniy xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston AES loyihasini ishlab chiqishda sezilarli darajadagi yutuqlarga erishgan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yadroviy tartibga soluvchi organlar yetarli darajada mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlashi kerak. O‘zbekiston AES loyihasini ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, loyiha bilan bog‘liq tadqiqotlar, ekologik baholash tartiblari, manfaatdor tomonlar ishtiroki va qurilishni boshqarish imkoniyatlari hali tugallanmagan. (!)
"O‘tgan 12 oy mobaynida texnik ishchi guruhlarimiz qattiq mehnat qildi. MAGATE missiyasi beradigan o‘rganish natijalari O‘zbekiston Respublikasiga milliy yadro dasturining xavfsiz rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
MAGATE missiyasini qabul qilib, O‘zbekiston o‘zining yadroviy infratuzilmasi tayyorgarlik darajasiga xolisona baho berishga muvaffaq bo‘ldi. Missiya takomillashtirishga muhtoj bo‘lgan hududlarni aniqlash va yadro texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaning ta’minlash uchun xizmat qildi", deya ta’kidlagan O‘zatom agentligi Bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Qayd etilishicha, ekspertlar orasida Braziliya va Bolgariyadan kelgan bittadan ekspert va MAGATEning 8 nafar xodimidan iborat guruh, O‘zbekiston AES loyihasi bo‘yicha sezilarli rivojlanishga erishganini ta’kidlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda O‘zbekiston Rossiya bilan 2030 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ikkita VVER-1200 bosimli suv reaktorini qurish bo‘yicha hukumatlaro bitim imzolagan. 2019 yilda O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektr stansiyasi uchun joy tanlashni boshlagan. So‘ng, AES quriladigan maydon sifatida Jizzax viloyati
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi