O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari mamlakat bo‘ylab Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtini e’lon qildi. 

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 9 iyul kuni Qurbon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:20 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi. 

Qurbon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari: 

•  Andijon viloyati — 05:05;
•  Buxoro viloyati —  05:35;
•  Jizzax viloyati — 05:20;
•  Navoiy viloyati — 05:30;
•  Namangan viloyati —  05:05;
•  Samarqand viloyati — 05:25;
•  Sirdaryo viloyati —  05:20;
•  Surxondaryo viloyati — 05:25;
•  Toshkent viloyati —   05:15;
•  Toshkent shahri —  05:20;
•  Farg‘ona viloyati —  05:05;
•  Xorazm viloyati —  06:00;
•  Qashqadaryo viloyati  — 05:30;
•  Qoraqolpog‘iston Respublikasi —  06:05. 

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti bayrami 9 iyul sanasiga to‘g‘ri keladi. 

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam oladi. Bunda: 

● 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

888

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing