O‘zbekistonda Qurbon hayiti kunlari necha million ehson qilindi?

Jamiyat

image

Joriy yil Qurbon hayiti vaqtida o‘tkazilgan “Qurbonlik–2021” tadbiri doirasida 713 million 264 ming so‘mlik ehson qilindi. Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati rahbari Saidabror Umarov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, “Qurbonlik–2021” tadbirlari rejasiga asosan joriy yilning 20, 21 va 22 iyul kunlari “Vaqf” fondining barcha hududiy filiallari tomonidan xayriya tadbirlari tashkil etilgan. 

Ta’kidlanishicha, “Vaqf” fondining markaziy apparati tomonidan Toshkent shahridagi 21 va 23-sonli Mehribonlik  uylarining tarbiyalanuvchilariga jami 11 326 000 so‘mlik 280 dona bayram sovg‘asi xayriya qilingan. 

“Vaqf” fondi tomonidan homiylar va hamkorlarni jalb etgan holda 504 million so‘m mablag‘ ajratildi va ushbu mablag‘ hisobidan respublika bo‘ylab jami 36 dona qoramol qurbonlik qilinib,  7 545 kg go‘sht ulashildi. Shuningdek, Fondning hududiy filiallari tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda 2 ta qoramol va 35 ta qo‘y qurbonlik qilinib, 1 716 kg go‘sht tarqatildi. Qurbon hayiti munosabati bilan filiallar tomonidan jalb qilingan xayriyalar, jumladan qurbonliklar va oziq-ovqat mahsulotlari miqdori jami 197 938 000 so‘mni tashkil etdi”, deydi “Vaqf” fondi vakili.

Umumiy hisobda “Vaqf” fondi hamda uning hududiy filiallari tomonidan respublika bo‘yicha 38 ta qoramol va 35 ta qo‘y so‘yilib, nochor, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor bo‘lgan va bemor kishilar uchun jami 9 216 kg qurbonlik go‘shti xayriya qilingan.

“Tadbir davomida respublika miqyosida 4 167 nafar kam ta’minlangan oila, boquvchisini yo‘qotgan va yolg‘iz keksa fuqarolarga jami 644 455 297 so‘mlik hamda 23 ta “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizga 68 808 623 so‘mlik ehson, umumiy hisobda “Qurbonlik–2021” tadbiri doirasida  713 264 000 so‘mlik ehsonlar qilindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing