O‘zbekistonda Qur’oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo‘lyozmasi yaratildi
Jamiyat
−
12 may 2021
4295O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo‘lyozmasini qo‘lda ko‘chirish ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda markaz direktori Shoazim Munavvarov Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sahifa Boysung‘ur Mirzo tomonidan otasi sulton Shohruh Mirzo uchun maxsus ko‘chirilgan Boysung‘ur Qur’oni sahifasining biroz kattalashtirilgan takroridir. Sahifani Markaz xattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o‘g‘li 6 oy mobaynida ko‘chirgan.
“Maxsus qog‘oz Yaponiyadan, bo‘yoqlar Turkiyadan keltirildi va sahifaga o‘zbek oltini suvi bilan hal berildi. Tabarruk sahifa Islom sivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qur’oni uchun jihozlanayotgan xonaqohdan joy oladi”, deyiladi xabarda.
Islom sivilizatsiyasi markazi qo‘lyozma Qur’on sahifasini Ginnes rekordlar kitobiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishdi.
LiveBarchasi