O‘zbekistonda qo‘llanilgan vaksinalar 2,5 mln dozadan oshdi
Jamiyat
−
11 iyun 2021
1809O‘zbekistonda jami 2,5 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilib, Farg‘ona viloyatida emlash ko‘rsatkichi 300 ming dozadan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 10 iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab 51634 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 20141 nafarni;
- 2-bosqich emlanganlar 24798 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 6695 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 2529608 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1551822 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 945654 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 32132 nafarni tashkil qildi.
10 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (6932 doza);
- Toshkent shahri (6676 doza);
- Namangan viloyati (5355 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 303344 doza;
- Namangan viloyatida 296296 doza;
- Andijon viloyatida 295752 doza;
- Samarqand viloyatida 234980 doza;
- Toshkent viloyatida 205985 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi