Tezkor! O‘zbekistonda kuchli yog‘ingarchilik va shamol bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 4-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududidan juda iliq havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Jumladan:

•    4 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;

•    5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing