O‘zbekistonda qon suyultiruvchi va qon quyulishining oldini oluvchi “Alltrombosepin” dorisi ishlab chiqarildi
Biznes
−
26 avgust 2020
13673O‘zbekistonda qon suyultiruvchi va qon quyulishining oldini oluvchi “Alltrombosepin” dorisi ishlab chiqarildi
Halqimiz orasida osh piyozini foydasini, ya’ni uning shamollashga qarshi, immunitetni oshirishi kabi foydali tomonlarini ko‘pchilik biladi. Lekin ko‘pchilikka piyozning qonni suyultirish qobiliyati borligi no’malum bo‘lgan.
Qadimda Abu ali ibn Sino piyozning tarkibida shunday modda borki, u qonni bir me’yorda suyultirish xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Allium cepa L. tarkibidagi oltingugurt saqlagan organik birikmalari (OSOB) asosida dori preparatlari yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlarida ham olib borilmoqda, jumladan, University of Albany (AQSH), Swiss Federal Institute of Technology (Shveysariya), University of Marburg, (Germaniya), University of Tokushima (Yaponiya), Swedish University of Agricultural Sciences (Shvetsiya) va boshqalar.
O‘zbekiston olimlari tomonidan osh piyoz tarkibi o‘rganib chiqilib, qonni suyultiradigan modda -Allium cepa L. yuqori texnologiyalar asosida ajratib olindi va undan tabiiy qonni suyultiruvchi, ya’ni antiagregant dori vositasini ishlab chiqarish tatbiq etildi.
O‘zbekistonning mahalliy ishlab chikaruvchi "REMEDY GROUP" qo‘shma korxonasi Alltrombosepin nomli qonni suyultiradigan (antiagregant)dori vositasini ishlab chiqarmoqda.
Alltrombosepin qo‘yidagi kasalliklarni oldini olish uchun tavsiya etilgan:
• tromboz va emboliyalarni, shu jumladan miokard infarktini va bosh miya insulti;
• trombotsitlar agregatsiyasi yuqori xavfi bo‘lgan kasalliklar;
• stenokardiya, miokard infarkti, yurak va qon tomirlar operatsiyadan keyingi davrda antikoagulyantlar (geparin) bilan qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llaniladi.
Alltrombosepin 100 mg dan kapsula shaklida ishlab chiqariladi. Kattalarga 1 kapsuladan 1 mahal tavsiya qilinadi va uzoq muddat qabul qilinganda ham oshqozon ichak tizimiga zararsiz xisoblanadi.
Alltrombosepinni qo‘llashning birinchi kunlaridan trombotsitlar agregatsiyasini, ya’ni bir-biriga yopishishi tormozlanishi yuzaga chiqadi. Bundan tashqari Alltrombosepinda kumulyativ, allergik xossa yo‘qligi, yurak-qon tomir tizimiga, buyrak, jigar funksiyasiga ta’sir etmasligi isbotlangan.
Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan Ruyxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berilgan:
Raqam DV/M 00914/07/16
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana 2016 yil 22 iyul.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilish muddati
5 yil (2021 yil 22 iyulgacha).
Muvofiqlik sertifikati №2392697
Piratsinning immunitetni mustahkamlashidagi muhim o‘rni
Ma’lumki, rux mikroelementining surunkali yetishmovchiligi immunitet tanqisligiga olib keladi. Rux samarali immunostimulyator hisoblanadi. Rux barcha ichki a’zolarda, to‘qimalarda, suyuqliklarda va organizmdagi deyarli 100% fermentativ tizimlarida mavjud. Rux immunitet hujayralarining “ikkilamchi vositachisi” vazifasini bajaradi va shamollash vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.
Inson shamollagan paytida birinchi soatlarida ko‘p miqdorda rux sarflanadi va unga bo‘lgan ehtiyoj 6-8 baravar ortadi. Rux pastki nafas yo‘llarining o‘tkir infeksiyalariga sezuvchanlikni pasaytiradi. Rux yallig‘lanishga qarshi va antioksidant ta’sirlarini ko‘rsatadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, rux yetishmovchiligi dunyodagi 2 milliarddan ortiq insonlarda aniqlangan.
GMP sifat standartiga muvofiq "REMEDY GROUP" mahalliy farmatsevtik qo‘shma korxonasi Piratsin-RG dori vositasini ishlab chiqarmoqda.
Piratsin-RG tabletkasi – bu rux mikroelementining piridoksin, ya’ni vitamin V6 bilan kompleks birikmasidir.
Piratsin-RG tabletkasi 100 milligramm o‘ramda 10 dona ishlab chikariladi.
Tarkibida Rux -9,3 mg va piridoksin gidroxloridi – 72,8 mg saqlaydi.
Piratsin-RG tabletkalari kuniga 1-3 tabletka qabul qilinganda, ruxning kunlik ehtiyojini qoplaydi. Piratsin-RG tabletkalarini 3 oy davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan Ruyxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berilgan:
Raqam DV/M 01575/06/17
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana 2017 yil 6 iyun.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilish muddati
5 yil (2022 yil 6 iyungacha).
Muvofiqlik sertifikati №2372058
Alltrombosepin va Piratsin dori vositalarini GRAND PHARM, BEST PHARM, "999", "OXYMED" va MALXAM aptekalarining Respublika bo‘ylab barcha tarmoqlarida xarid qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi