O‘zbekistonda qolayotgan xorijliklarning vizasi 1 noyabrgacha uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarining vizalari yana avtomatik ravishda uzaytiriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Ayni karantin davrida xorijiy mamlakatlar fuqarolarining viza muddati avtomatik ravishda shu yilning 1 noyabr kuniga qadar uzaytirildi. Bunda ularga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmaydi, jarima undirilmaydi”, deyiladi xabarda. 

Xorijiy fuqarolarning vizalari bo‘yicha yangi tartib Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarorida qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi avia va avtomobil qatnovlari shu yilning 16 martidan boshlab 10 apreliga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Keyinchalik ushbu muddat 5 may, 1 iyungacha, so‘ng 1 avgustga qadar uzaytirildi. 

Ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi (+998712332828, +998 971365151, call center – 1164, telegram: +998971365151)ga hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishonch telefoni (+998712000088)ga murojaat qilishingiz mumkin.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing