O‘zbekistonda qirg‘iz tilida dars beriladigan nechta maktab borligi aytildi
Jamiyat
−
15 iyul 2021
5308O‘zbekistonda 51 ta maktabda ta’lim qirg‘iz tilida olib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatulla Jabborov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda qirg‘iz millatiga mansub 300 ming inson istiqomat qiladi. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yuritadi.
“51 ta maktabda ta’lim qirg‘iz tilida olib boriladi va ular uchun qirg‘iz tilida darsliklar chop etilib borilmoqda. Shuningdek, Andijon Davlat universitetida qirg‘iz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi mavjud”, deydi markaz rahbari.
Jabborovning aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalq diplomatiyasi va millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 1995 yilga qadar mamlakatga kirib kelganlarga O‘zbekiston fuqaroligini berish, bundan tashqari uzoq vaqt davomida yashab kelganlarni soddalashtirilgan tartibda fuqarolikka qabul qilish – kamida 50 ming kishi uchun orziqib kutilgan yangilik bo‘lgan.
Bundan tashqari, Prezident tashabbusi bilan 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilinishi — muhim tarixiy voqea bo‘lgan.
Ma’lumot uchun bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq milliy madaniy markazlar va 38 ta do‘stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda. Shunigdek, O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiyalar bor.
LiveBarchasi