O‘zbekistonda qaysi muammo kamayyapti?

Jamiyat

image

Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar O‘zbekistonda o‘tgan yillardagidan ancha kamaygan. 

Chunonchi, 2017 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan va sudlangan shaxslar 401 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 234 nafarni tashkil etgan. 
2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida esa 70 nafar shaxs bevosita odam savdosi bilan shug‘ullangani sabab, sud oldida javob berdi, deydi Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov. Xalqaro press klubda o‘tkazilgan “O‘zbekiston odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning yangi tizimi: xalqaro hamkorlik, ustuvor vazifalar va muammolar tahlili” mavzuidagi sessiyada. 

Oliy sud raisiga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan davrida odam savdosi bilan shug‘ulanganlarning 55 nafarini ayollar tashkil etadi. Ularning 19 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. .

E’tiborlisi, jabrlanganlarning 70 foizini ham aynan ayollar tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing