O‘zbekistonda qattiq yer silkinishi kuzatildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 19:25 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila ta’siri O‘zbekistonda ham sezildi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilmoqda.

Zilzila koordinatalari: 36,34 gradus shimoliy kenglik; 70,7 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 235 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 562 km janubiy-sharqda.

Zilzilaning O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi quyidagicha:

  • Surxandaryo viloyatida 4 ball, 321 km.
  • Farg‘ona viloyatida 4 ball, 459 km.
  • Jizzax viloyatida 4 ball, 490 km.
  • Sirdaryo viloyatida 4 ball, 491 km.
  • Samarqand viloyatida 4 ball, 493 km.
  • Andijon viloyatida 3-4 ball, 514 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 515 km.
  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 525 km.
  • Toshkent viloyatida 3-4 ball, 536 km.
  • Toshkent shahrida 3-4 ball, 562 km.
  • Navoiy viloyatida 3-4 ball, 626 km.
  • Buxoro viloyatida 3-4 ball, 668 km.
  • Xorazm viloyatida 3 ball, 1044 km.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ball, 1169 km.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing