O‘zbekistonda qariyb 3 mln dollar evaziga ikkita festival o‘tkazilmoqchi
Madaniyat-san’at
−
07 Sentabr 2021
19453Joriy yilning sentyabr oyida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi va Xalqaro baxshichilik festivali doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar uchun umumiy hisobda 30 mlrd so‘m ajratilgan. Bu haqda bugun, 7 sentyabr kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov festival jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Hozir bir necha xil tadbirlar bo‘lyapti. To‘g‘risini aytsam, ular ko‘pligidan nomlari ham esimda qolmayapti. Jamiyatning har bir vakili o‘ziga mos tadbirni topa oladi.
Hozir ma’lum mablag‘ belgilanib bo‘ldi, shundan ko‘p ketadi yoki kam ketadi, deya olmaymiz. Sababi, bir necha xil tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani uchun hali ko‘zda tutilmagan va yo‘l-yo‘lakay chiqishi mumkin bo‘lgan xarajatlar bor. Bundan hali qochib qutulmaymiz. Mana shu tadbirlarni boshlashga hozircha 30 mlrd so‘m ajratilgan. Bu mablag‘ning ichida barcha tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni, Xivada, Mo‘ynoqda, Nukus va Toshkent shahrida tadbir qilish niyatimiz bor. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, oxirgi mana shu kabi xalqaro festivallarda O‘zbekiston Respublikasi barcha tashrif buyurayotgan mehmonlarning xarajatini ham o‘z zimmasiga olyapti. Bu tartib hali o‘zgargani yo‘q. Qachonki, mazkur festivallar o‘z nufuziga ega bo‘lganidan so‘ng, keladigan mehmonlarning xarajati o‘zlarining zimmalarida qoladigan holatga keladi”, deydi vazir Nazarbekov.
Madaniyat vaziri so‘zida davom etarkan, O‘zbekistonda o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan festivallar to‘liq karantin qoidalariga amal qilingan holda tashkil etilishi, tashrif buyuruvchi tomoshabinlar va mehmonlar tibbiy niqobda bo‘lishlari va antiseptik vositalardan foydalanishlari kerakligini ham ta’kidladi.
LiveBarchasi