O‘zbekistonda qancha odam pensiya va nafaqa oladi?
Jamiyat
−
21 noyabr 2021
8379O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni joriy yilning 1 noyabr holatiga 4 mln 3,8 ming nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 11,5 foizni tashkil qilgan holda joriy yilning 1 yanvar holatiga nisbatan 178,6 ming nafar (4,7 foiz)ga ko‘paydi.
Shundan,
• 2 966,7 ming nafari (74,1 foiz)ni yoshga doir pensiya;
• 397,6 ming nafari (9,9 foiz)ni nogironlik pensiya;
• 198,6 ming nafari (5,0 foiz)ni boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar
• 440,8 ming nafari (11,0 foiz)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi.
Xususan, 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 117,7 ming nafar (4,1 foiz)ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 11,0 ming nafar (2,9 foiz)ga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 9,6 ming oila (5,1 foiz)ga va nafaqa oluvchilar soni 40,2 ming nafar (10,0 foiz)ga ortgan.
2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida 327,5 ming nafar fuqarolarga yoshga doir pensiya va nafaqalar tayinlangan. Shundan, 215,1 ming nafari (65,7 foizi)ga yoshga doir pensiya, 29,9 ming nafari (9,1 foizi)ga nogiron shaxs sifatida pensiya, 19,6 ming oila (6,0 foizi)ga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va 62,9 ming nafari (19,2 foizi)ga nafaqalar tayinlangan.
2020 yilning yanvar-oktyabr oylariga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foiz fuqarolarga pensiya va nafaqa ko‘p tayinlangan.
LiveBarchasi