O‘zbekistonda qancha bola koronavirusga qarshi emlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2021
3315Joriy yilning 28 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgandi.
SSV xabariga ko‘ra, 5 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 87 710 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Qayd etilishicha, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatgan bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan.
Hozirda mamlakatda ommaviy vaksinatsiya tadbirlari 3 138 ta emlash punktida va 18 828 ta harakatdagi brigadalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Hududlardagi istalgan emlash punktida 12 yoshdan katta bolalar ota-onalari va vasiylarining roziligi asosida koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, mamlakatimizga jami 1 200 000 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan bo‘lib, 5 oktyabr holatiga ko‘ra, ushbu vaksinaning 465 010 dozasi emlash jarayonlarida foydalanildi.
LiveBarchasi