O‘zbekistonda qancha aholi mehnatga layoqatli?
Jamiyat
−
23 yanvar 2022 8674 1 daqiqa
2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 57,6 foizi mehnatga layoqatlidir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, doimiy aholining 31,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 57,6 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardir.
Doimiy aholining 11,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalarni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholi soni kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika doimiy aholisi 35 mln 271 ming 276 kishini tashkil qilmoqda.
Live
Barchasi