O‘zbekistonda iyun oyi 20 mingdan ziyod nikoh qayd etildi. Qaysi hudud yetakchi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda jami 22 153 ta nikohdan o‘tish holati qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishcha, eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan (2787 ta), eng kami esa Sirdaryoda (585 ta).

Hududlar kesimida iyun oyida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 225 ta;  
  • Andijon — 1 823 ta; 
  • Buxoro — 1 382 ta; 
  • Jizzax — 874 ta;  
  • Qashqadaryo — 1 895 ta;
  • Navoiy — 809 ta;  
  • Namangan — 1 614 ta;  
  • Samarqand — 2 787 ta; 
  • Surxondaryo — 1 891 ta; 
  • Sirdaryo — 585 ta;
  • Toshkent — 2 021 ta; 
  • Farg‘ona — 2 397 ta; 
  • Xorazm — 883 ta; 
  • Toshkent shahri — 1 966 ta.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 391 258 ta tug‘ilish qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham Samarqand yetakchilik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing