O‘zbekistonda iyul oyida harorat pasayadimi?

Bu qiziq

image

Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekiston hududi katta qismida harorat biroz pasayishi boshlandi va u 1 iyul kunida ham davom etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

“O‘zgidromet”ga ko‘ra, 2-3 iyul kunlari hudud katta qismida harorat yana 40-41 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Janub eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42-45 daraja issiq oralig‘ida bo‘ladi.

Keyingi kunlarda nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3 iyulda shimoliy hududlarda, 4-5 iyul kunlari O‘zbekiston barcha hududlari bo‘yicha havo harorati yoz fasli uchun 30-33 daraja issiq bo‘lgan qulay qiymatlargacha pasayadi, so‘ng bir necha kun davomida 34-37 daraja issiq, janubda 38-40 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Iyul oyi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida bo‘lishi, ayrim kunlari ba’zi joylarda 40-42 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Iyul oyida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyi oxirida O‘zbekiston aholisi kuchli issiqning birinchi to‘lqinini boshdan kechirdi. 25 iyundan boshlab maksimal havo harorati kundan-kunga oshib bordi.

27-28 iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 29 iyunda hududlarning katta qismida issiq maksimal darajaga yetdi. Ushbu kunlarda termometr ustuni kunning ikkini yarimida 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha ko‘tarildi. Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47 darajaga yetdi, bu meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlashdi. Xorazm viloyatida, Qoraqalpog‘istonning, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida iyun oyi uchun maksimal havo harorati bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

774

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing