O‘zbekistonda iste’molchilar uchun suyultirilgan gazning imtiyozli narxi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda iste’molchilarga sotiladigan suyultirilgan gazning imtiyozli narxi 1 kilogrammi uchun 1120 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda "Hududgazta’minot" xabar berdi.

Suyultirilgan gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida "Hududgazta’minot" AJ tomonidan iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish va hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan E-gaz dasturi joriy etildi. Bunda barcha iste’molchilar ro‘yxati shakllantirilib, ushbu avtomatlashtirilgan dasturga kiritilgan.

Respublika bo‘yicha maishiy gaz ballonlar orqali suyultirilgan gaz bilan ta’minlanayotgan 3,7 million iste’molchilar maxsus ID kartalar bilan ta’minlandi hamda foydalanishdagi 4,7 million dona maishiy gaz ballonlarga maxsus stikerlar biriktirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 633-sonli qaroriga ko‘ra, maishiy ehtiyojlar uchun iste’molchilarga sotiladigan suyultirilgan gazning imtiyozli narxi 1 kilogramm uchun 1120 so‘m qilib belgilangan.

Maishiy gaz ballon tashuvchi jami 840 ta maxsus avtotransportlarga yetarli darajada "aylanma tara" sifatida maishiy gaz ballonlari berildi. Kompaniyaga ko‘ra, gaz ballonlarini yetkazib berish muddati 35–45 kunni tashkil etadi.

"Hududgazta’minot" AJ iste’molchilardan suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar hamda xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman gaz ta’minoti bo‘limi dispetcherlik xizmati, murojaatlarni ro‘yxatga oluvchi 1104 (24/7) raqamli Sall-center operatorlari hamda kompaniyaning (71) 202-11-04 (24/7) raqamli "Ishonch telefoni" yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Gaz ta’minoti muammolar va ularni hal etish yo‘llari" guruhiga murojaat qilishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston suyultirilgan gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing