O‘zbekistonda ish yuritishda qog‘oz sarfi qisqartiriladi
Jamiyat
−
19 mart 1064 1 daqiqa
O‘zbekistonda qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tish jarayoni jadallashtiriladi. Bu haqda joriy yilning 18 mart kuni qabul qilingan “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyunga qadar:
- ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- har bir tarkibiy bo‘linmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.
2026 yil 1 maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:
- kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;
- printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi;
- har oyda 1 marotaba “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
Live
Barchasi