O‘zbekistonda ish haqi kechiktirilsa banklar jarimaga tortiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun moliyaviy korxonalarni jarimaga sola boshlaydi. 

Jarimalarga, xususan, quyidagi hollarda tortiladi:

— Mijozlarga ish haqining naqd qismi to‘lanishidagi kechikishlar
— Elektron to‘lovlarni amalga oshirishda kechikishlar (har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1%, lekin to‘lov summasini 10% idan ko‘p bo‘lmagan)

— Bank aybi bilan yanglishib yuborilgan elektron to‘lovni qaytarishdagi kechiktirmalar

— Pul mablag‘larining hisobga o‘tkazilishi va yechilishi tartibida qoidabuzarlik, barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan holatda ham hisob ochishda kechiktirish yoki bundan bosh tortish

Shu bilan birga, nizomda moliyaviy korxonalar qaysi hollarda jarimalarni to‘lashdan ozod etilishi to‘g‘risida ham ma’lumot berilgan.

 — Banklararo elektron to‘lovlar tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tanaffuslar 

— Mijoz tomonidan bankka qonunchilik talablariga javob bermaydigan to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi

— Bank yoki mijoz hisob raqami bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilishi kiritilgan

Tijorat banklariga barcha jarimalar sud qarori asosida qo‘llaniladi, shuning uchun yuqorida qayd etilgan qoidabuzarliklarga uchragan mijozlar sudga da’vo bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda banklar jarimaga tortiladi

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar