O‘zbekistonda ikkita aeroport tuman sabab faoliyatini to‘xtatdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni Namangan va Andijon aeroportlarini qalin tuman qoplagani sabab samolyotlar parvozlarni amalga oshirolmadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuchli tuman tufayli ko‘rish masofasi 50 metrgacha pasaygan. Natijada “Ural” aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilgan SVR2161 reysi soat 08:48 da Namanganga qo‘na olmay, Toshkentdagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan.

Yana bir - HY9620 reysi ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namanganga qo‘na olmagan va Farg‘onadagi zaxira aerodromga jo‘nab ketgan.

Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat kuzatilgan. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskvadan uchgan HY-622/621 reysi soat 10:45 da belgilangan aeroportga qo‘na olmay, Farg‘onadagi zaxira aerodromga jo‘natilgan.

“Meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00 gacha yopiladi. Rejalashtirilgan barcha reyslar eng yaqin zaxira aerodromlarga yo‘naltiriladi”, deyiladi kompaniya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing