O‘zbekistonda ikkinchi rasmiy Xitoy mollariga “boykot” bilan chiqdi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston shaharlari tashqi bezagida Xitoydan keltirilayotgan mollarni ishlatish – bu madaniy saviya yetarli emasligidan dalolat beradi”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari, san’atshunos Kamola Oqilova. 

Kamola Oqilova O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoydan keltirilgan suvenirlar shaharlarni bezatishda ishlatilayotganiga doir fikr bildirdi, deb yozmoqda “Sputnik”.

“Biz shaharlarimizning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishimiz lozim. Nima sababdan Samarqanddagi xiyobonni o‘zgartirishga urinishmoqda. O‘zgartirish kerak emas. Samarqandni Samarqand, Buxoroni Buxoro qiluvchi narsalarni asrab qolishimiz kerak. Har bir zamonaviy o‘zgarish esa milliy an’analarimiz asosida amalga oshirilishi kerak”, deydi vazir o‘rinbosari.

Oqilovaga ko‘ra, har bir shaharning bosh rejasi bo‘lishi kerak. Rejada shaharning tarixiy qismi va yangi binolar qurilishi mumkin bo‘lgan qismlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart va zarur.

Vazir o‘rinbosari O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoydan keltirilgan esdalik sovg‘alar sotilishiga doir ham o‘z fikrlarini bildirdi.

“Hattoki Venetsiyada Xitoy tovarlari muayyan masofagacha yaqinlashtirilmaydi. O‘ylashimcha, biz, albatta, tartib o‘rnatishimiz darkor. Hind sharflari, Xitoy lash-lushlari juda ko‘payib ketdi. O‘zimizing hunarmandlarimizning tovarlari bo‘lsa – marhamat”, - deydi Oqilova. 

Eslatib o‘tamiz, shu kunning o‘zida Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati Qobul Do‘sov ham Xitoyga nisbatan e’tirozlar bilan chiqib, “Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!”degan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kamola Oqilova

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar