O‘zbekistonda ikkilamchi bozordagi uylar uchun kreditlar ajratish to‘xtatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi moliyalashtirish manbalari aniqlangunga qadar ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ipoteka bozorini takomillashtirish maqsadida, Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki xamkorligida O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda - Dastur) va uni 2019 — 2021 yillarda amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Dasturga muvofiq, “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ faoliyatini boshlash uchun dastlabki bosqichda Osiyo taraqqiyot bankining 150 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari tijorat banklarining maqbul ipoteka kreditlari portfelini qayta moliyalashtirish uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu resurslarni bosqichma-bosqich 2023 yilning birinchi choragi yakuniga qadar o‘zlashtirish rejalashtirilgan edi.

“Biroq, aholining ipoteka krediti hisobiga ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olishga bo‘lgan katta qiziqishi hamda tijorat banklari tomonidan aholining ushbu talabini qondirish maqsadida faol kreditlar ajratishi natijasida, Dasturda nazarda tutilgan mablag‘lar muddatidan avval, ya’ni 2022 yilning birinchi choragi davomida o‘zlashtirib bo‘linishi kutilmokda. Bu haqda tijorat banklari 2021 yilning dekabr oyida, Dastur bo‘yicha qoldiq mavjud resurslar doirasida yetarlicha maqbul ipoteka krediti portfellari shakllantirishi lozimligi yuzasidan Kompaniya tarafidan yozma ravishda xabardor qilingan edi”, deyiladi rasmiy izohda.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Kompaniya Moliya vazirligi va boshqa institutlar bilan birgalikda, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan ham, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish maqsadida resurslarni jalb qilish bo‘yicha faol ravishda tegishli ishlarni olib bormoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

836

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing