O‘zbekistonda iqlimiy me’yordan yuqori harorat kutilmoqda

Bu qiziq

image

Yangi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, 6 aprelga kelib kunduzi 30-33 darajagacha ko‘tariladi, bu iqlimiy me’yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi.

4-5 aprel kuni shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha yuqori va o‘rta qavat bulutlari kuzatiladi, ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda 7 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kungi harorat 23-28 darajagacha biroz pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

828

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing