O‘zbekistonda gaz “zapravka”lar 15:00 dan keyin ishlamaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari 15:00 dan keyin ishlamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Vazirlik Matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatovning 04-24-1 sonli faksogrammasiga asosan, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 4 yanvardan boshlab, kunduzgi soat 15:00 dan ertalab 5:00 gacha gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Ushbu cheklovlar butun Respublika bo‘yicha amal qiladi.

Ushbu qaror ob-havoning keskin sovub ketgani uchun aholini aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari va strategik tashkilotlarni gaz bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

“Ob-havo isishi bilan ushbu cheklovlar yechiladi yoki tartibga keltiriladi”, deydi vazirlik rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari soat 16:00 dan keyin ishlamasligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing