O‘zbekistonda fuqarolik olish normalari soddalashtirilmoqda

Jamiyat

image

Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hujjat 2021 yil Davlat dasturi ijrosiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Qonunning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

Xususan, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va muqaddam chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek, o‘n besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs moqomida yashab kelayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish mexanizmlari yaratiladi.

Qayd etilishicha, fuqarolikni tan olish instituti mutloqo yangi institut bo‘lib, MDHga a’zo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan. Mamlakat hududida o‘n besh yil davomida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik olishni huquqiy asoslari yaratiladi va o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi.

Natijada, yuridik faktni sud tartibida tasdiqlash orqali, fuqarolik masalalari bo‘yicha shikoyat qiluvchi shaxslarning e’tirozlari kamayadi. Shuningdek, fuqarosizlikni qisqartirishni aniq amalga oshirish asnosida O‘zbekiston Respublikasining halqaro imidji yanada mustahkamlanadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing