O‘zbekistonda ertaga qanday ob havo kuzatiladi? 

Jamiyat

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 yanvar kuni O‘zbekistonda  qanday ob havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi. 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing