O‘zbekistonda ertaga havo -8 darajagacha tushib, qor yog‘adi

Bu qiziq

image

Ertaga, 18 yanvar kuni respublika bo‘ylab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yomg‘ir qorga aylanadi. Kechasi havo harorati 3-8° gacha sovub ketadi. Bu haqda Gidrometereologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 17 va 18 yanvar kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Bunday holat Eron hududlaridan issiq va juda nam havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, respublika bo‘ylab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shimolda yomg‘ir qorga aylanadi. Havo harorati kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, ba’zi joylarda havo ochiq bo‘lganda 12° iliqqacha, shimolda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq -2° iliq atrofida bo‘ladi.

O‘zgidrometga ko‘ra, joriy yilning 19 yanvar kuni ertalabga yomg‘ir jadalligi pasaya boshlaydi, lekin kunduz kuni sovuq front o‘tishida ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi kuzatiladi. Respublika bo‘ylab havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 5-8° iliqqacha pasayadi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-10° iliq bo‘lgan quruq va biroz bulutli ob-havo kutilmoqda.

21 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shimolda yomg‘ir, qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘ylab ayrim hudularda tuman tushishi ham kutilmoqda.

18-19 yanvarda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

18-19 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir, qor yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Shuningdek, shu kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

786

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing