O‘zbekistonda eng sifatli ta’lim qaysi viloyatda berilishi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
03 noyabr 2021
217962020 yil yakuni bo‘yicha Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri umumta’lim maktablarida berilayotgan ta’lim sifatida eng yuqori o‘rinni egalladi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari esa eng quyidan joy oldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Umumta’lim maktablari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumanidan xabar berdi.
Tuman va shaharlar reytingida:
Yuqori o‘ntalikdan Navoiy shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus tumani, Zarafshon shahri, Uchquduq tumani, Bektemir tumani, Mirobod tumani, Qorovulbozor tumani, Bo‘ston tumani va Yashnobod tumani joy oldi.
So‘nggi o‘rinlarda esa So‘x, Uzun, Beruniy, Chiroqchi, Dehqonobod, To‘rtko‘l tumanlari, Namangan shahri, Muzrabot tumani, Marg‘ilon shahri, Bo‘zotov tumani ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 14 ta hududdagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9622 ta maktablar faoliyati tahlil qilgan.
Reyting mezonlarini belgilashda xalqaro tajriba (Finlyandiya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya) hamda mahalliy ustuvor masalalarga alohida e’tibor berilib, 4 ta yo‘nalishda 8 ta indikator belgilangan. Bular:
• o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi va bandlik);
• pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi);
• maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit
• (5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar va o‘quvchilar orasida jinoyatchilik);
• mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasi (mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan maktab rivoji uchun sarflangan mablag‘lar).
LiveBarchasi