O‘zbekistonda eng qimmat va arzon sabzi qayerlarda sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida kecha, 30 iyun kuni kuzatuv o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning natijalari bo‘yicha sabzining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, sabzi mahsulotining minimal narxi Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori” va Navoiy shahrining “Saxovat bozori”da (4 ming so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini maksimal 6 ming – 8 ming so‘mdan ham xarid qilish mumkin. 

Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shaxar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (12 ming so‘m) qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini minimal 7 ming – 9 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.

Xabarga ko‘ra, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing