O‘zbekistonda endi “Oltin daftar” shakllantirildi . Unga kimlar kiritiladi?
Jamiyat
−
06 may 2021
28369O‘zbekistonda shakllantirilgan “daftar”lar orasiga “Oltin daftar” ham kiritildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov maxsus brifingda so‘z ochdi.
“Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni o‘rnatish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muhim sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega 484 nafar vatandoshlarni o‘z ichiga olgan “Oltin daftar” shakllantirildi”, deydi u.
Shuningdek, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida 15 747 nafar fuqaro xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda kambag‘al qatlam uchun “Temir daftar”, ishsiz va ko‘makka muhtoj ayollar uchun “Ayollar daftari” va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Yoshlar daftari” shakllantirilgan.
LiveBarchasi