O‘zbekistonda emlanish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi
Jamiyat
−
02 may 2021
5027Kecha, 1 may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 58235 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 856 016 nafarga yetdi.
1 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (8852 nafar);
- Samarqand viloyati (7309 nafar);
- Namangan viloyati (7229 nafar) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg‘ona viloyatida 123 064 nafar;
- Namangan viloyatida 92 103 nafar;
- Andijon viloyatida 91 120 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi