O‘zbekistonda Ekologik kodeks ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasi keng jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda 2022 yil 1 dekabrga qadar Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqadi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi:

•    ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;

•    atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va ta’sirini oshirish;

•    bioxilma-xillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq mexanizmlari va rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

•    atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari va fuqarolarning huquq va majburiyatlari;

•    ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan, “yashil iqtisodiyotni” rag‘batlantirish choralari;

•    ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi.

Avvalroq mamlakatda daraxt kesish uchun moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgani, uni buzganlarga jarima oshirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Ekologik kodeks

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar