O‘zbekistonda dori-darmonlar narxi arzonlashadi
O‘zbekiston
−
04 Fevral 6532 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2026 yil 1 martdan boshlab aholi uchun dori vositalari narxlari 40–60 foizgacha pasaytiriladi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Narxlarning pasayishiga import qilinadigan 2 ming nomdagi dorilar uchun referent narxlar belgilanishi, distribyutorlar ustamalarining qisqartirilishi hamda farmatsevtika sohasiga investitsiyalar hajmining oshirilishi sabab bo‘lmoqda. Xususan, soha rivoji uchun 392 million AQSH dollari investitsiya jalb etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.
Shuningdek, yil oxirigacha yana 4 ming nomdagi dori vositalari narxini pasaytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mahalliy korxonalarda texnologiyalar transferi asosida import o‘rnini bosuvchi dori ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi ayrim dorixonalarda tibbiy spirt o‘rniga losonlar sotilgani aniqlangandi.
Jamshidbek Amirov
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr