O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 500 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
10 mart 2021 4348 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 11 martidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 503 so‘m 92 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 6 so‘m 45 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 499 so‘m 66 tiyinga baholanib, 1 so‘m 37 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi kechagiga nisbatan 20 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 142 so‘m 09 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun