O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl kursi oshdi
Jamiyat
−
22 noyabr 2022
12734O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 23 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,24 so‘mga oshdi va 11 208,91 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 54,58 so‘mga ko‘tarilib, 11 511,15 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi ham 0,26 so‘mga balandladi va 184,92 so‘mni tashkil etdi.
LiveBarchasi