O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image_2021-07-13_19-38-57

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 14 iyulidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 649 so‘m 9 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 12 so‘m 9 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 611 so‘m 72 tiyinga baholanib, 4 so‘m 75 tiyinga ko‘tarildi.

Rubl kursi kechagiga nisbatan 56 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 143 so‘m 74 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

654

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing