O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 28 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,77 so‘mga pasayib, 10 942,40 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 54,19 so‘mga arzonlab, 11 098,88 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 6,49 so‘mga pasayib, 180,94 so‘mni tashkil etdi.