O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
Jamiyat
−
15 avgust 2022
24743O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 16 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,13 so‘mga oshib, 10 937,14 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 82,46 so‘mga pasayib, 11 154,79 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,74 so‘mga arzonlab, 178,20 so‘mni tashkil etdi.