O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
Jamiyat
−
29 yanvar
20326O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,00 so‘mga ko‘tarilib, 12 424,00 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 2,42 so‘mga oshib, 13 448,98 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,02 so‘mga ko‘tarildi va 138,71 so‘mni tashkil etdi.