O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 11 iyun va 12-13 iyun — dam olish kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun, 11 iyun kuni O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 35-37° ni, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 41-43° gacha ni tashkil etadi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat me’yordan 1-2° ga ko‘p bo‘ladi va 33-36° ni, janubda va cho‘l hududlarida 37-40° ni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing