O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat -10 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 23 yanvar kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 21 yanvar kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quyoshli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Surxondaryo viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +7…+12 daraja, shimolda -3...+2 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 22 yanvar kuni sovuq antitsiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. O‘zbekistonda bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, harorat kunduzi 0...+5 darajadan oshmaydi.

21-22 yanvar kunlari sovuq front o‘tishida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuniga yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0...-5 daraja, shimolda -5…-10 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi havo harorati +3…+8 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari siklon ta’sirida tuman hosil bo‘ladi ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing