O‘zbekistonda dam olish kuni havo +13 darajagacha isiydi
Bu qiziq
−
23 dekabr 2022
7252Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin.
Ertaga, 24 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi, yakshanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo 7-10 daraja iliqgacha, janubda 11-13 daraja iliqgacha isiydi.
LiveBarchasi