O‘zbekistonda bu hafta qor yog‘ishi mumkin
Jamiyat
−
13 aprel 55770 1 daqiqa
Joriy yilning 14-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, 14 aprelda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15-17 aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayadi, 14-15 aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
15-17 aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 14-17 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi