O‘zbekistonda bolalar uchun 200 ming so‘mdan tarqatilyaptimi? Rasmiy izoh berildi

Jamiyat

0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidenti tomonidan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga sovg‘a sifatida barcha bolalarga 200 ming so‘mdan pul berilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktori Abdulaziz Haydarov mazkur xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda [farzandlarga] pul tarqatilayotgan ekan degan yolg‘on xabar tarqatilyapti. Fuqarolarimiz “Xalq banki” kassalariga borib, shu mablag‘lar berilishi kerak ekan, deb talab qilishyapti. Bu xabar – yolg‘on. Qarorda belgilangan toifalarga, belgilangan miqdorda pullar tarqatib beriladi”, deydi Abdulaziz Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi. Unga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan;
•  Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan berilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

673

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing