O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldimi? IIV rasmiy bayonot berdi
3-sahifa
−
10 dekabr 2020
26644Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Respublika IIV Matbuot xizmati mazkur ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, bunday xabarlar yolg‘on.
“Ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, Yurtimiz bo‘ylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoiy guruhlar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q”, deyiladi IIV Matbuot xizmati bergan ma’lumotda.
Ma’lum qilinishicha, IIV asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lib qolmang”, deyiladi IIV murojaatida.
Bu borada biror-bir ma’lumotga ega shaxslardan Ichki ishlar organlari bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib olish so‘ralgan.
LiveBarchasi