O‘zbekistonda bola huquqlari qay darajada ta’minlangan?

Jamiyat

image

Kecha, 20 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yichi vakili (Ombudsman) hamda UNICEF bilan hamkorlikda “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova, UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi rais o‘rinbosari Renata Vinter, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Shuxrat Bafayev, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Diloram Tashmuxamedova hamda O‘zbekistonda bola huquqlarini ta’minlash uchun mas’ul tegishli davlat organlari va idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bolalar ombudsmani to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligini ta’kidlagandi.

Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Bola huquqlari bo‘yicha ixtisoslashgan ombudsmanlar faoliyati bola manfaatlari yo‘lida davlat boshqaruvini takomillashtirish, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning qoidalarini qonun hujjatlariga va huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish, bolaning shaxsiga hurmatni kuchaytirish, jamoatchilik ongi darajasini oshirish, davlat tuzilmalari tomonidan, ota-onalar va ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolaning sha’ni va qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari va qonuniy hamda eng ustun manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

“Bu O‘zbekistonda bolalar huquqlarini ilgari surishdagi muhim qadamdir. Qonun qabul qilingangach, u Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq O‘zbekistondagi bolalar, ayniqsa himoyaga eng muhtoj bolalarning huquqlari yanada mustahkamlashga ko‘mak beradi”, deydi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Davra suhbati bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro institutlarning tajribasini o‘rganish va Bola huquqlari bo‘yicha vakilning O‘zbekistondagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy asoslarni yaratish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan.

Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda Bolalar ombudsmani faoliyati maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi (Polsha – 2000 yil 6 yanvardagi “Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman to‘g‘risida”gi qonun; Irlandiya – “Bolalar bo‘yicha ombudsman to‘g‘risida” (2002); Fransiya – “Bola himoyachisi to‘g‘risida” 2000 yil 6 mart; Shvetsiya – 1993 yil 1 iyuldagi “Bolalar ombudsmani to‘g‘risida”gi qonun; Litva – 2000 yil 25 maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish nazorati to‘g‘risida”gi qonun).

BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi va boshqa inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi shartnomaviy organlari tomonidan olib borilgan bolalar huquqlarining xalqaro monitoringi O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari mavjud emasligi bilan bog‘liq qator muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.

“Bolalar O‘zbekistonning kelajagidir. Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun biz javobgarmiz. Ushbu qonunning qabul qilinishi esa mana shu muhim vazifani amalga oshirishga hissa qo‘shadi”, deydi Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova.

“Bolalar ombudsmani to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyixasining asosiy maqsadi Bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman institutini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq jamoatchilik bilan aloqalarni tartibga solish, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasida bolalar va yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi boshqa xalqaro hujjatlarning qoidalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing