O‘zbekistonda bog‘chalar ham yopilyapti

Jamiyat

image

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023 yil 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda ham qish ta’til 17 yanvargacha uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing